Исследования обусловлена увеличением в последние годы числа больных с острыми одонтогенными воспалительными заболеваниями тяжёлого и прогрессирующего течения. Главную роль в возникновении воспалительных процессов мягких тканей челюстно-лицевой области и шеи играют анаэробно-аэробные микробные ассоциации.
Разработать перечень действий по оказанию неотложной хирургической стоматологической помощи в условиях пандемии COVID-19.
Maqolada Chirchiq-Ohangaron havzasi yerlarida tarqalgan qo‘riq va lalmi tog‘ jigarang, to‘q tusli bo‘z, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z, batqoq o‘tloqi, bo‘z-o‘tloqi, tuproqlarini granulometrik tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari tuproqlarining granulometrik tarkibida yirik chang (0,05 0,01 mm) zarrachalarning yuqori miqdorda 0,01 mm dan yirik kattalikdagi chidamli mikrostruktura elementlar aniqlandi. Qo‘riq tog‘ jigarrang tuproqlarni granulometrik tarkibi og‘ir qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori 45,5-49,9 % ni tashkil qilib, quyidagi zarrachalardan tashkil topgan: yirik qum (1-0,25 mm), o‘rta qum (0,25-0,1 mm), mayda qum (0,1-0,05 mm), yirik chang (0,05-0,01) zarrachalarini ko‘pligi bilan xam farq qiladi. Lalmi erlar tipik bo‘z tuproq granulometrik tarkib jihatidan o‘rta qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori kesma bo‘yicha 42,0-45,6 % ni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan erlardagi tipik bo‘z, bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining granulometrik tarkibi jihatidan o‘rta qumoqli bo‘lib, fizik loyning miqdori 31,3-40,1 % gacha tebranadi. Sug‘orish hamda ishlov berish natijasida agregatlarni ma’lum darajada parchalangani kuzatilgan, lalmi erlar tipik bo‘z tuproqlarda jami haqiqiy agregatlar kesma qatlamlari bo‘yicha 21-27 %, sug‘oriladigan erlar tipik bo‘z tuproqlarida 28-40 %, bo‘z-o‘tloqi tuproqda 12-29 % tashkil qiladi. CHirchiq-Ohangaron havzasi erlari turli xil granulometrik tarkibli tuproqlardan tarkib topgan bo‘lib, og‘ir va o‘rta qumoqlilardir ya’ni kesma qatlamlari bo‘yicha bir xil o‘rta yoki og‘ir granulometrik tarkibli tuproqlar uchraydi.